Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti biologiya fakulteti umumiy biologiya va fiziologiya kafedrasi



Download 0.77 Mb.
Page1/7
Date29.11.2023
Size0.77 Mb.
#62752
  1   2   3   4   5   6   7
namuna uzb kurs ishi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI
BIOLOGIYA FAKULTETI
UMUMIY BIOLOGIYA VA FIZIOLOGIYA KAFEDRASI
«Genetika va genomika asoslari» fanidan
KURS ISHI

Topshirdi: Biologiya fakulteti
Umumiy biologiya va fiziologiya 3-B kurs
Ta’lim yo’nalishi talabasi: Akramova Madina
Qabul qildi: Allaniyazova Muazzam

.

Mavzu: «Genetik injeneriya va biotexnologiya»



Kurs ishini topshirish
sanasi
“___”_____2022-y.

________________
(imzo)
________________
(imzo)

Kurs ishi tekshirilgan vaqti
“___”_____2022-y.



Kurs ishini yoqlagan
Sanasi
“___”_____2022 y.
Baho“___”_______

Komissiya a’zolari:
______________________
______________________


Nukus-2022
Mundarija
KIRISh..……………………………………………………………..........3
IBOB Genetik injeneriya va biotexnologiya ……………………………5
1.1 Ko’chib yuruvchi genetik elementlar, plazmidlar, restruksion endonukleozalar ………………………………………………………….5
1.2 Plazmidlar haqida tushuncha …………………………………........9
IIBOB Rekombinant DNK olish va genlarni klonlash ………………..17
2.1 O’simliklar irsiyatini genetik injeneriya bilan o’zgartirish …….17
2.2 Hayvonlar irsiyatini genetik injeneriya bilan o’zgartirish ………..23
XULOSA ………………………………………………………...………..30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ………………………………….33

KIRISH
Mavzuni dolzarbligi: Bugungi kunda nafaqat O’zbekistonda balki butun dunyoda rivojlanish juda jadallik bilan davom etmoqda.Yangi organlar yaratish texnologiyasi,gen muhandisligi-Organizmlar genlari yoki genlar majmuasining faoliyatini inson manfaatlarini ko‘zlagan holda o‘zgartirish gen muhandisligi (gen injeneriyasi yoki genetik injeneriya) Gen muhandisligi – rekombinant RNK va DNKlar olish, organizm (hujayra)dan genlarni ajratish, genlarni boshqarish (manipulatsiya), genlarni boshqa organizmlarga kiritish va DNKdan tanlangan genlarni olib tashlash yo‘li bilan sun’iy organizmlar yaratish texnologiyalari va usullari katta yutuqlarga erishib bormoqda. Biotexnologiya O‘zbekistonda 1980-yillarning boshlarida akademik O.S.Sodiqov tashabbusi bilan boshlangan. O‘zbe kis tondagi bu tadqiqotlarning bevosita rahbari akademik A.A.Abdukarimov bo‘lib, 1980-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida tashkil qilingan gen muhandisligi va biotexnologiyasi laboratoriyasida transgen g‘o‘za navlari yaratish ustida qator ilmiy fundamental tadqiqotlar olib borgan. Shundan keyin O’zbekistonda biotexnologiya sohasida alohida e’tiborga molik ishlar amalga oshirila boshlandi.Bir molekula oqsilning biologik sinteziga javobgar bo‘lgan, DNK zanjiridagi nukleotidlar qatori gen deb ataladi. Murakkab biologik jarayon ketma-ketligini boshqarishda ishtirok etadigan, genetik tuzilishi bo‘yicha deyarli bir-biriga o‘xshash bo‘lgan bir necha genlar, genlar majmuasi yoki oilasini tashkil qiladi. Gen muhandisligi fanining maqsadi genlarning ichki tuzilishini va xromosomada tutgan o‘rnini ehtiyojga mos ravishda o‘zgartirib, ularning faoliyatini idora etishdir.
Gen muhandisligining tadqiqot obyektlari viruslar, bakteriyalar, zamburug‘lar, hayvon va o‘sim liklarning hujayralaridir. Tadqiqot obyektlariga qarab genetik inje neriya: gen muhandisligi, xromosoma muhandisligi, hujayra muhandisligi kabi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.
Hozirgi zamon genetik injeneriyasi usullari vositasida probirkada har qanday DNK molekulasi bo‘lagini aynan ko‘paytirish yoki DNK zanjiridagi xohlagan nukleotidni boshqasi bilan almashtirish mumkin. Albatta, bu qadar yuksak yutuqlarga irsiyat qonuniyatlarini izchillik bilan tadqiq etish natijasida erishildi.Yuksak darajadagi bu texnologiya hozirgi zamon biologiya fanining istiqbolli sohalaridan biridir.
Mavzuni o’rganish : Hujayra va gen muhandisligi yutuqlari hayvon zotlarini yaxshilash uchun ham tatbiq etilgan. Bu yo‘nalishdagi dastlabki biotexnologiyalardan biri yuqori xo‘jalik va genetik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan qoramol zotlari tuxum hujayrasining ko‘plab hosil bo‘lishiga erishish edi. Ma’lumki, sigirlar bir yilda faqat bir dona, ba’zan 2 dona tuxum hujayra hosil qiladi. Shu sabab nomdor qoramol zotini zudlik bilan ko‘paytirish imkoni bo‘lmagan. Ko‘p miqdorda yuqori sifatli sut beruvchi qoramolga ma’lum gormon inyeksiya qilinib, ko‘plab tuxum hujayra olishga erishiladi. Bu tuxum hujayralar bachadondan olinib, sun’iy urug‘lantiriladi va hosil bo‘lgan zigota xo‘jalik ahamiyati kam, xashaki 140 sigir bachadoniga kiritiladi, ya’ni implantatsiya qilinadi. Natijada xashaki o‘gay ona qoramoldan qimmatbaho zotli avlod olinadi. Bu biotexnologiya bizning mamlakatimizda ham qo‘llaniladi. AQSHning dunyoga mashhur Monsanto kompaniyasi gen muhandisligi usuli bilan o‘sish gormonini (growth hormone) ishlab chiqarib, sigirlarga inyeksiya qildi va shu yo‘l bilan sigirlardan sog‘iladigan sut miqdorini oshirishga erishdilar. Bu sohada Prezidentimizning yoshlarga bergan imkoniyatlari asosida yosh tadbirkorlar bugungi kunda kreditlar olib sermahsul sigir zotlaridan foydalanib o’z bizneslarini yo’lga qo’ymoqdalar. Bu esa O’zbekistonimizning yuksalishida yana bir turtki bo’lmoqda.


Download 0.77 Mb.

Share with your friends:
  1   2   3   4   5   6   7




The database is protected by copyright ©ru.originaldll.com 2024
send message

    Main page