I bob. Adabiyotlar sharhi



Download 0.73 Mb.
Page1/25
Date07.05.2024
Size0.73 Mb.
#64193
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
I bob. Adabiyotlar sharhi

Melamin furfurol smolasini olish va xossalarini o’rganish
Mundarija

KIRISH………………………………………………………………………..3
I BOB. ADABIYOTLAR SHARHI
1.1. Kationli polimerlanish....................................………………………….7
1.2. Anionli polimerlanish………………………………………………….10
1.3. Koordinasion ionli polimerlanish………………………………..…….12
1.4. Polikondensatlanish reaksiyalari………….……………………………15
1.5. Polimer eritmalari nazariyasi……………………………......................22
1.6. Polimerlarning bo’kishi va erishi……………………. ..........................25
1.7. Polimer eritmalarini tayyorlash va tozalash…………………………....30
II BOB. OLINGAN NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI
2.1. Melamin furfurol smolasini tozalash, fizik-kimyoviy xossalari hamda erituvchi turiga qarab, plyonka hosil qilish xususiyatlarini o’rganish......37
2.2. Smolalar olishning texnologik ketma-ketligini o’rganish.........................39
2.3. Erituvchilarning plyonka hosil qilish xususiyatlarini o’rganish................42
2.4. Sintez qilingan smolalarni fizik-kimyoviy xossalarini o’rganish..............44
III BOB. TAJRIBA QISMI
3.1. Melamin furfurol smolasining sintezi........................................................47
3.2. Smola hosil qiluvchi erituvchilar va ularga qo’yiladigan talablar.............47
3.3. Melamin furfurol smolasi sintezining muqobil sharoitlarini o’rganish.....50
XULOSA................................................................................................................53
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR..............................................................54
KIRISH

Hurmatli prezidentimiz Islom Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisida “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish ustivor maqsadimizdir” mavzusida fikrlarini bayon etdilar.


Oliy Majlisning qonun ijodkorligi faoliyatida mamlakatimizda iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan tarkibiy o`zgarishlarni, qulay investission muhitini shakllantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash, bank moliya tizimini rivojlantirishni normativ huquqiy jihatdan ta`minlash masalalari alohida o`rin egalladi.
Iqtisodiy islohatlarni qonuniy jihatdan ta`minlashga yo’naltirilgan bir qator tadbirlar 2009-2012-yillarga mo’ljallangan, jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini imkon qadar kamaytirilishiga qaratilgan inqirozga qarshi choralar dasturini samarali amalgam oshirishni huquqiy ta`minlash, dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida O’zbekiston iqtisodiyotning barqaror o’sish sur`atlarini saqlab qolish va aholining real daromadlarini oshirish imkonini beradi [1].
Uzoq muddatli istiqbolga moljallangan, mamlakatimizning salohiyati, qudrati va iqtisodiyotimizning raqobatboshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan navbatdagi muhim ustuvor yo’nalish, bu asosiy yetakchi sohalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infra tuzilma kommunikatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borishdan iborat.
Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlarining davlat va jamiyat qurilishi tizimidagi huquq hamda vakolatlarini kengaytirishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish masalasi ustuvor yo’nalishga aylanishi zarur [2].
Asosiy vazifamiz vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. 2010-yilda o’z oldimizga qo’yayotgan yuksak maqsad, vazifa va rejalar qanday og’ir bo’lmasin, bularning barchasi, avvalo mamlakatimizning taraqqiy topgan davlatlar qatoriga chiqishi yangi qadamdir.
Sintetik smola eritmasidan plyonka hosil qilishda mochivena va melamin formaldegid, epoksid, akrilat moddalaridan foydalanib sintezlanadi. Melamin formaldegid, fenol formaldegid va mochivenadan olingan smolalardan tayyorlanadigan plyonkalarni ishlab chiqarish va ularni fizik-kimyoviy xossalarini o’rganish katta ahamiyatga egadir. Respublika kimyo sanoati potinsialining dunyo bo’yicha mavqiyi yuqori bo’lishiga qaramasdan, mebellar uchun yuqori sifatli laklar ishlab chiqish va avtomobil emallarini ishlab chiqarishga bo’lgan talab yil sayin oshib bormoqda.
Bir qancha mamlakatlarda mochevina,akrilonitril, akrilatlar bilan bir qancha aldegidlar, furfurol, furil spirti, furanlar yordamida lak va emallar ishlab chiqarilmoqda.
Hozirgi vaqtda texnologik ishlab chiqarishda yuqori sifatli lak va emallar ishlab chiqarish uchun mochevina, formaldegid yoki furfurol, turli xil modifisirlangan spirtlarning miqdorlarini turlicha olib, har xil smolalar tayyorlanmoqda [15].
Doimo shu muommoni hal qilish maqsadida kimyoviy ishlab chiqarish laboratoriyalari va korxonalari turli xil yangi smolalarni sintezlab uni ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq qilmoqda.
,,O’zkimyosanoat’’ aksionerlik tashkiloti tomonidan ishlab chiqariladigan asosiy smolalar formaldegid, metanal, melamin geksometilentetramin, monoxlor sirka kislota asosida ishlab chiqariladi. Bu ishlab chiqarilgan smolalarni jahon miqyosida eksport va import qilish uchun, jahon standartlariga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqish hozirgi kunda asosiy masalalardan biri bo’lib kelmoqda.
Smolalar va ularning modifikatsiyalari to’g’risida ilmiy ishlar va maqolalarning ko’p qismi potentlangandir. Olib borilgan ilmiy ishlar va potentlar shuni ko’rsatadiki, mochevina va melaminoformaldegid, fenol formaldegid, melamin furfurol kabi smolalarni va ularning modifikatsiyalari to’g’risida ilmiy ishlarning kamligi, ular ustida texnologik ishlab chiqarish jarayonlarining kam o’rganilganligidan dalolat beradi. Shu maqsadda melamen-furfurol smolasi melamen-formaldegid va mochivena-furfurol, fenol-formaldegid smolalari ustida bitiruv malakaviy ish olib borishni maqsad qilib qo’ydik. Bitiruv malakaviy ishimizda bu smolalarni sintezlash va ularni sifatini o’rganish, ular yaxshi eriydigan erituvchilar topish hamda ularni sopolimerlab, sintetik lak olish maqsadida bir qancha ishlar olib borildi.
Aminoaldegidli oligomerlar asosan aminlarni aldegidlar bilan kondensasiyasi natijasida olinadi. Bu olingan smolalar asosan mebillarda laklovchi kraska sifatida ishlatiladi. Daraxtdan tayyorlanga mebellarga yupqa plastinka hosil qilib, himoyalovchi vosita vazifasini bajaradi [6]. Hozirgi kunda bu smolalardan 1 yilda mebel ishlab chiqarish uchun 2,5 ming tonna ishlatiladi. Respublikamizda ishlab chiqariladigan smolalar 1 yilda 2,5 ming tonnani tashkil qiladi. Bu ko’rsatgichlardan shuni ko’rish mumkinki, bunday smolalarni ishlab chiqarish va sifatini yanada oshirishga bo’lgan talablar yil sayin oshib bormoqda.
Bu muammolarni hal qilish maqsadida, raqobatbardosh mochevina, melamin-formaldegid, melamin-furfurol, fenol-formaldegid smolalaridan yuqori sifatli emal va lak olishni maqsad qilib, bu ishlar yuzasidan ko’plab ilmiy tadqiqot ishlari olib borishimiz kerak bo’ladi.

Download 0.73 Mb.

Share with your friends:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




The database is protected by copyright ©ru.originaldll.com 2024
send message

    Main page