Mavzu: Mantiqiy ifodalar va amallar Boltaboev Faxriddin



Download 1.94 Mb.
Page1/2
Date29.06.2024
Size1.94 Mb.
#64440
  1   2
Mantiqiyifodalarvaamallari final

Mavzu:
Mantiqiy ifodalar
va amallar
Boltaboev Faxriddin
Mantiq ilmining alohida fan sifatida shakllanishi miloddan avvalgi IV asrda yashab o‘tgan buyuk yunon olimi Arastu (Aristotel) ismi bilan bog‘liq.
U birinchi bo‘lib mantiq ilmi o‘rganadigan masalalar doirasini aniqladi,
mantiqqa “maʼlum bilimlardan nomaʼlum bilimlarni aniqlovchi”, “chin fikrni xato fikrdan ajratuvchi” fan sifatida taʼrif berdi. Olim birinchi marta mantiqiy tafakkur shakllarini uning mazmunidan ajratib, mantiq va matematikani uyg‘unlashtirishga harakat qildi, dalillar nazariyasiga asos soldi. Formal mantiq ilmining asoslari hamda mantiq jarayonini turli matematik belgilar bilan ifodalashga intilish ham Arastu asarlarida ko‘zga tashlanadi. Markaziy osiyolik alloma Abu Nasr Forobiy Arastuning umumiy formal mantiqqa oid qarashlariga tayangan holda mantiq fanini shakllantira olgan.
Mantiq (logika) atamasi qadimgi yunoncha λογικος – “fikrlash ilmi” atamasiga mos keladi va “so‘z”, “fikr”, “mulohaza”, “nutq”, “aql” degan ma’nolarni anglatib, bilish jarayoni bilan uzviy bog‘liqdir. Mantiqning o‘rganish obyektini tafakkur tashkil etadi
1-ta’rif: Ikkita A va B sodda mulohaza bir paytda rost bo‘lgandagina rost bo‘ladigan yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish amali konyunksiya (lot. conjunctio bog‘layman) – mantiqiy ko‘paytirish amali deb ataladi.Mantiqiy ko‘paytirishni ifodalaydigan quyidagi jadvalga rostlik jadvali deyiladi:
2-ta’rif: Ikkita A va B sodda mulohazaning kamida bittasi rost bo‘lganda rost, qolgan holatlarda yolg‘on bo‘ladigan yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish amali dizyunksiya (lot. disjunctio – farqlayman, ajrataman) – mantiqiy qo‘shish amali deb ataladi.
3-ta’rif: A mulohazani qiymati rost bo‘lganda yolg‘on, yolg‘on bo‘lganda rost qiymatga o‘zgartira oladigan amalga inversiya (lot. inversio – to‘ntaraman) – mantiqiy inkor amali deyiladi.
4-ta’rif: A mulohaza rost, B mulohaza yolg‘on bo‘lgandagina yolg‘on, qolgan holatlarda rost bo‘ladigan mulohazaga A hamda B mulohazalarning implikatsiyasi deyiladi.
5-ta’rif: A va B mulohazalar bir vaqtda rost yoki bir vaqtda yolg‘on bo‘lganda rost bo‘ladigan mulohazaga A va B mulohazalarning ekvivalensiyasi deyiladi.
Mantiqiy ifodalarda mantiqiy amallar quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:
inversiya ( ); konyunksiya (&); dizyunksiya (); implikatsiya (=>); ekvivalensiya (<=>)

Download 1.94 Mb.

Share with your friends:
  1   2




The database is protected by copyright ©ru.originaldll.com 2024
send message

    Main page