Normatova Maftuna Kengash qizi Jizzax davlat pedagogika unverseteti Pedagogika va psixalogiya fakulteti



Download 52 Kb.
Page1/2
Date16.08.2024
Size52 Kb.
#64526
  1   2
1.Xalqaro konfrensiya

NUTQ NUQSONIGA EGA BО‘LGAN BOLALARNING OTA-ONALARI BILAN HAMKORLIGINI SHAKLLANTIRISH YO’LLARI
Normatova Maftuna Kengash qizi
Jizzax davlat pedagogika unverseteti
Pedagogika va psixalogiya fakulteti
Maxsus pedagogika kafedrasi o’qituvchisi
Annotatsiya: Mazkur maqolada nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarning ota-onalari bilan hamkorligini shakllantirish yo’llari, nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bolalarning ota-onalari bilan hamkorligini shakllantirish yo’llari, mutaxassislarni oila bilan ishlash tizim mazmuni faoliyati haqida ochib berilgan.
Kalit so‘zlar: Korreksion ish, konsultatsiya, reabilitatsiya, adabtatsiya, individual rivojlantiruvchi dastur, psixofizik rivojlantirish, ijtimoiy -hissiy bo‘lim, ta’limiy vazifa,tarbiyaviy vazifa.
Har qanday jamiyatda bolalarning har tomonlama rivojlanishida oilalarning, oilalar mustahkamligining о‘rni beqiyosdir. Har bir oilaning sog‘lom bо‘lishi, ularda ijobiy psixologik iqlimning hukm surishi, mana shu muhitda dunyoga kelib, shaxs sifatida shakllanib, sо‘ng о‘zi yashayotgan davlatning fuqarosi sifatida о‘z davlatining iqtisodiyoti, ijtimoiy hayoti taraqqiyotini ta’minlovchi, hal qiluvchi omil bо‘lgan inson kamolotida oilaning tutgan о‘rni beqiyosdir. Bolalik inson hayotidagi gо‘zal va takrorlanmas davrdir, uni turlicha sо‘zlar bilan ta’riflash mumkin: baxtli, beg‘am, beg‘ubor va h.k, lekin ba’zi bolalar uchun u og‘ir. Ba’zi hollarda oilaviy baxtsizlikka, tushkunlikka tushib qolish holatiga sabab bо‘ladi. Korreksion – tarbiyaviy jarayonga ota – onalarni maksimal darajada jalb etish va ularga professional yordam berish zarurligi kundan – kunga muxim masala bo’lib bormoqda. Nutq nuqsoniga ega bо‘lgan farzandini tarbiyalovchi ota-onalarni korreksionrivojlantiruvchi ta’limning individual dasturlariga jalb etishning pedagogik va tashkiliy usullarini ishlab chiqish dolzarb muammolardan sanaladi. Ota – onalarni «Biz va bizning farzandimiz» tizimidagi adekvat tarbiyaviy pozitsiyasini shakllantirish maqsadidagi mutaxassis – defektologni oila bilan ishlash jarayonining samarali yo’nalishlarini modellashtirishga xarakat silinmoqda. Nutqida nuqsoni mavjud bolani oilada tarbiyalash va rivojlantirishda ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning shakli va mazmuni ularni logoped (defektolog) lar bilan hamkorlik darajasi bilan aniqlandi. Ota-onalar bilan ishlashni tashkil etishda quyidagi tamoyillarga tayanamiz:
- Ota-onalarning defektologik yordam olishga tayyorlik darajasini hisobga oluvchi differensiallashgan yordam;
- Ota-onalar tomonidan qayta aloqaning mavjudligi;
- Korreksion о‘qishning turli xil davrida olib boriladigan ishning u yoki bu shakli (kо‘rinishi)ning ustuvorligi.
Hamkorlikini tashkil etish rejasini amalga oshirishda eng katta qiyinchilik qiziqishi kam bо‘lgan ota-onalarda paydo bо‘ladi. Bunday oilalar bilan shug‘ullanganda eng samarali ish shakliy ta’sir etishning individual kо‘rinishi bо‘lib hisoblanadi, jumladan individual tarzda maslahat (konsultatsiya) berishdir. Individual maslahat berish bir necha bosqichda olib borildi. Har bir bosqichda о‘ziga xos va mos masalalar amalga oshirilib, о‘ziga xos usullardan foydalanildi. Birinchi bosqich vazifasi-hamkorlikni rad etgan va unga salbiy qarashda bо‘lgan otaonalar bilan ochiq va ishonchli munosabat о‘rnatish. Shu maqsadda individual maslahatning maqbul shakllaridan biri bо‘lgan suhbatdan foydalanildi. Suhbat mazmuni shu bosqich vazifasi asosida olib borildi. Boshlang‘ich qisqa suhbatda ota-onalarning pedagogik qobiliyati pastligi va ularni notо‘g‘ri xatta-harakatlarini tanqid qilishdan voz kechiladi. Birinchi uchrashuvda ota-onalar xatoliklarini sezmaganday bо‘lishga va ular ishonchini oqlashga harakat qilinadi. Ota-onalar bilan olib boriladigan individual ishning ikkinchi bosqichi maslahat tavsiyanoma kо‘rinishida olib boriladi nutq nuqsonini og‘irligiga qarab rejalashtiriladi. Ota- onalar qо‘llashda bolani tashxisi, ijtimoiy muhit va korreksion-rivojlantiruvchi ishning usullarini egallagan bо‘lishlari kerak. Oilasi a’zolari ham ta’lim va tarbiya ishlaridan chetda turmaydi va bu ishlarga faol qatnashadilar. Tavsiyalar maxsus ta’limga ehtiyoj sezgan bolalar bilan korreksion-ta’limiy ishlarni oilada olib borish maqsadida ishlab chiqilgan bо‘lib, uni rivojlanishda orqada qolgan har qanday yoshdagi (ilk yoshdan maktab yoshtgacha) va har qanday nuqson turiga ega bо‘lgan bolalarga nisbatan qо‘llash mumkin. Nutq nuqsoniga ega bо‘lgan bola rivojining barcha asosiy sohalarini qamrab olishi kerak: nutqiy, kognitiv, ijtimoiy-iqtisodiy, motor va о‘zо‘ziga xizmat kо‘rsatish, shuningdek davolash va tibbiy reabilitatsiy. Individual rivojlantiruvchi dastur quyidagi vazifalarni hal etadi: tashxisiy vazifalar: alohida funksional tizimlarning shakllanib yetilish muddatlari turlicha ekanini hisobga olgan holda bolaning psixofizik holatini muttasil va har tomonlama о‘rganib borish; -tibbiy va ijtimoiy havf-xatarlar omillarining bola rivojlanishiga ta’sirini baholash; -bolaning individual ta’lim davridagi holatlari istiqbolini avvaldan belgilash; korreksion-rivojlantiruvchi vazifalar: kamchilikni yengish va о‘rnini tо‘ldirish, bolani ijtimoiy atrof muhitda moslashuviga erishish; ta’limiy vazifalar: bolalarni ijtimoiy tajribani о‘zlashtirish usullariga о‘rgatish, ularning bilish faolligini rivojlantirish, har bir yosh davri uchun xos bо‘lgan bolalar faoliyatining barcha turlarini shakllantirish; tarbiyaviy vazifalar: ijtimoiy muhitga moslashtirish, bolaning oilada mustaqilligini oshirish, maktabgacha yoshdagi bolaning faoliyati va ahloqida ma’naviy-ahloqiy mezonlarni tarkib toptirish, shuningdek bolada ijobiy insoniy fazilatlarni tarbiyalash. -bilish faoliyati bо‘limiga tevarak-atrof bilan tanishtirish, matematika hamda о‘yin, mehnat, rasm, applikatsiya kabi faoliyat turlari bо‘yicha mashg‘ulotlar kiradi; -nutqni rivojlantirish bо‘limiga nutq nuqsonini bartaraf etish, rivojlatirish, о‘stirish va erkin muloqotga о‘rgatish; - motor rivojlantirish bо‘limiga ertalabki gimnastika va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, harakatli о‘yinlar kiradi; - ijtimoiy-hissiy bо‘limga bayramlar, musiqa mashg‘ulotlari va boshqa tadbirlar kiradi; - о‘z-о‘ziga xizmat kо‘rsatish bо‘limiga ijtimoiy-maishiy xizmatga yо‘altirish va mehnat mashg‘ulotlari kiradi. - musiqaviy tarbiya ishlari quyidagi yо‘nalishlarda olib boriladi: musiqani tinglash, kuylash, raqsga tushish, musiqa asboblarini chalish. Ota-onalarni farzandlari bilan xamkorligini shakllantirish buyicha indvidual dastur quyidagi maqsadlarni amalga oshirishni kuzda tutadi. Tarbiyaning faol va ishonchli usulini shakllantirish, psixofizik rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni kichik yoshdagi bola bilan predmet-o’yin faoliyatini tashkil etishga ota- onalarni о‘rgatish. Ota – onalar burchagida ular uchun foydali axborot beriladi. Unda tashkiliy tartibdagi ma’lumotlar: guruh tarkibi, pedagoglarning aniq ism – familiyalari, kun tartibi, mashg‘ulotlar jadvali bо‘lishi maqsadga muvofiq. Bu kabi ma’lumot ota – onalarga bolalarning maktabgacha muassasada bolalarning hayoti haqida aniq ma’lumotga ega bо‘lish imkonini beradi. Ota – onalar bilan ishlarni olib borishda izchillik, tizimlilik, ularning imkoniyatlarini hisobga olish juda muhim. Logoped va ota – onalarning о‘zaro tushunishi, hamkorlikdagi ishtiroki va faolligi rivojlantiruvchi va korreksion ishlarning umumiy natijasini kо‘p jihatdan belgilaydi.

Download 52 Kb.

Share with your friends:
  1   2




The database is protected by copyright ©ru.originaldll.com 2024
send message

    Main page